Tanishing: Farma dasturi
Tovarlarni saytga joylash, muddatini uzaytirish, takliflarni tahlil qilish, shartnomalar va bozor razvedkasi — hammasini Farma o‘zi bajaradi yoki bir oynada qulay qilib beradi.
Qo‘lda to‘ldirish, muddatlarni kuzatish, jadvallarni titkilash o‘rniga — savdoga vaqt qoladi.
Excel faylni yuklang — Farma har bir dori tovarini farma.uzex.uz ga o‘zi e’lon qiladi. Formalarni birma-bir to‘ldirish, nusxalash va kutish yo‘q.
Taklif muddati tugadimi? Farma buni darhol sezadi, tovarni yangilaydi va yana 60 kunga qayta joylab qo‘yadi. Taklifingiz saytdan tushib qolmaydi.
Qaysi lotga birinchi narx berish kerakligini o‘ylab o‘tirmaysiz: vaqti eng oz qolganlari tepada turadi. Tezda tahlil qilasiz va vaqt tejaysiz.
Bekor qilish so‘rovlarini ko‘ring, qabul qiling yoki rad eting, o‘zingiz bekor qilishga so‘rov yuboring, kerakligini filtrlang — hammasi bir oynada.
Raqobatchilaringiz va xaridorlaringizni kuzating: kim qaysi lotlarda qatnashyapti, qancha narxda yutyapti, qaysi muassasa nimani ko‘p xarid qilyapti.
Belgilagan chegarangizda lotlarga narxni dastur o‘zi beradi.
Kompyuterdagi dastur yoki brauzer — ma’lumotlar bir xil.
Birja va dastur bo‘yicha savolingizga shu zahoti javob beradi.
Farma dasturini o‘rnating, korxonangizni E-IMZO kaliti bilan ulang — qolganini dastur bajaradi.